Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qilişiça, Surxondaryo viloyati böyiça boşqarma va viloyat Içki işlar boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida Afğonistondan mamlakat hududiga 25 kg 444 gramm «opiy» hamda 11 kg 86 gramm «gaşiş» moddalari kontrabanda qilingani aniqlangan.
Şundan söng giyohvandlik vositalarining buyurtmaçilarini aniqlaş va qölga oliş maqsadida maxsus çoralar körilgan. Natijada nazorat ostida Samarqand şahriga yetkazilgan narkotik moddalarni qabul qilib oliş vaqtida 1989 va 1997 yillarda tuğilgan ikki nafar mahalliy fuqaro hamda 1993 va 1995 yillarda tuğilgan ikki nafar xorijlik fuqaro uşlangan.
Bundan taşqari, DXXning Surxondaryo viloyati böyiça boşqarmasi, Çegara qöşinlari, içki işlar va bojxona organlari hamkorligida ötkazilgan yana bir tezkor tadbirda ikki nafar Afğoniston fuqarosi Termiz xalqaro savdo markazida 1 kg 76 gramm «opiy» moddasini şartli xaridorga 5 ming AQŞ dollariga sotiş vaqtida qölga olingan.
Tergov jarayonida mazkur şaxslar giyohvandlik vositalarini mamlakat hududiga yaşirin olib kiriş uçun öz içki organlaridan «jonli konteyner» sifatida foydalangani ma’lum bölgan.
Har ikki holat böyiça Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işlari qözğatilgan. Gumonlanuvçilarga nisbatan «qamoq» ehtiyot çorasi qöllanib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.












