Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyaning BMTdagi vakili AQSh terrorchilik urushi boshlagani va Suriyada kimyoviy qurol yo‘qligini aytdi
AQSh Suriyaga qarshi terrorchilik urushi olib bormoqda, Suriyadagi aviabazaga raketa zarbasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy tajovuz bo‘ldi, deb aytdi Suriyaning BMTdagi doimiy vakili Bashar Ja'fariy.
"Bir hafta avval biz bu yig‘ilishga Ostona va Jyenevadagi muzokaralarning natijalari haqida hisobot berishga va mening davlatim Suriya uchun siyosiy yechimni topishga intilayotgan Mistura va boshqa tomonlarning ishiga yangi turtki berish uchun kelamiz, deb o‘ylagandik", deb aytdi Suriya vakili.
Uning aytishicha, yig‘ilishda tomonlar "aksilterrorchilik sa'y-harakatlarini muvofiqlashtirishlari kerak edi".
"Ko‘tarinkilikka qaramay, AQSh ma'muriyati 14 yil avval BMT Xavfsizlik kengashida Iroqqa nisbatan uyushtirgan qonli tomoshasini qaytarishga qaror qildi. Bu "Iroqning ommaviy qirg‘in quroli haqidagi yolg‘on" deb nomlangan tomoshadir. AQSh mening davlatim Suriyaga qarshi terrorchilik urushini olib bormoqda, endi bu qo‘g‘irchoqlar va terrorchilik tashkilotlaridan foydalanish emas, endi bu mening davlatimga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy tajovuzdir", deb ta'kidlab o‘tdi Ja'fariy.
Ja'fariyning ta'kidlashicha, Damashq kimyoviy qurolga ega emas.
"Qanday qilib teran fikrlovchi odam bizda umuman yo‘q bo‘lgan narsani qo‘llashda mening davlatimga qarshi yolg‘on va ayblovlarga rozi bo‘lishi mumkin. Bizda bunday qurol yo‘q", deb aytdi Suriya vakili.
Uning aytishicha, Suriyada kimyoviy qurolning yo‘qligi BMT va Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkilotining Suriyada 2014 yil iyundagi kimyoviy hujumlarni tergov qilish bo‘yicha qo‘shma mexanizmi bayonotida ham tasdiqlangan.
"Kimyoviy qurol AQSh kemasida O‘rta yer dengizida yo‘q qilingan", deb qo‘shimcha qildi Ja'fariy.
Mavzuga oid
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026
AQSh Eronga neft sotishga vaqtincha ruxsat berdi
13:28 / 22.06.2026