Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda “Profilaktika kuni”da 2 nafar qidiruvda yurgan jinoyatchi ushlandi
Buxoro viloyatida 2017 yilning 13 aprel kuni o‘tkazilgan “Profilaktika kuni” tadbiri davomida viloyatdagi barcha huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda jamoatchilik vakillari keng jalb etilib, ma'muriy hududda jamoat xavfsizligini ta'minlash maqsadida bir qator tezkor-profilaktik ishlar amalga oshirildi.
Tadbir davomida, viloyat hududidagi jami 15.977 ta xonadonlar o‘rganilib, ularda noqonuniy yashab kelayotgan 127 nafar shaxslarning 10 nafari Reabilitatsiya markaziga joylashtirildi. 31 nafar shaxslarga nisbatan MJtKning 223-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnomalar tuzildi.
908 ta turli ko‘rinishdagi ma'muriy huquqbuzarliklar aniqlanib, o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida o‘tmishdan ochilmasdan qolgan 1 ta jinoyat fosh etildi va 2 nafar qidiruvda yurgan jinoyatchilar ushlandi.

Ta'kidlab o‘tish lozimki, sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning joylarda aholi o‘rtasidagi “sayyor sud”larda muhokama etilishi, ushbu sohada o‘zining katta samarasini beradi. Shu maqsadda, shahar-tuman jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha Sudyalar tomonidan “Profilaktika kuni” tadbiri doirasida viloyat bo‘yicha jami 25 ta (shundan 5 tasi jinoyat va 20 tasi ma'muriy huquqbuzarliklar) holatlar “sayyorsud”larda ko‘rib chiqilib, aybdor shaxslarga nisbatan tegishli choralari ko‘rilishi ta'minlandi.
Mavzuga oid
09:43 / 27.01.2026
Tuman sabab Moskva-Buxoro reyslari Samarqand va Navoiyga qo‘ndirildi
12:26 / 26.01.2026
Buxoro shahrida ham avtobuslarda naqd pul qabul qilish to‘xtatiladi
11:51 / 16.01.2026
Buxoroda reyd: noqonuniy ov va ilon bilan “sirk” tomoshasi aniqlandi
23:12 / 14.01.2026