Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktabgacha ta'lim muassasalarida "Shaxmat" to‘garaklari tashkil etiladi
Toshkentdagi shaxmat bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabida "Maktabgacha ta'lim muassasalarida "Shaxmat” to‘garaklarini keng joriy etish va rivojlantirish" mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahri va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari hamda poytaxtdagi tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi yo‘riqchi-uslubchilari ishtirok etdi.

Tadbirda Xalq ta'limi vazirligining tegishli boshqarma va bo‘lim boshliqlari, shaxmat bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabi mas'ul xodimlari va boshqalar yurtimizda yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib voyaga yetkazish, bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan e'tibor o‘zining yuksak samarasini berayotganini ta'kidladi.
Seminarda "Maktabgacha ta'lim muassasalarida "Shaxmat" to‘garaklarini tashkil etish va boshlang‘ich ko‘nikmalarni hosil qilish" mavzusidagi taqdimot va mahorat darslarida ishtirokchilarga MTMda sportning ushbu turini keng ommalashtirish, tarbiyalanuvchilarni shaxmat sportini o‘rganishga ishtiyoqini oshirish yuzsidan zarur uslubiy tavsiyalar berildi.

Mavzuga oid
19:23 / 17.04.2026
Prezident Sindorovga «Mehnat shuhrati» ordenini shaxsan topshirdi
18:33 / 15.04.2026
Sindorov turnirni yana bir rekord bilan yakunladi
16:31 / 15.04.2026
“G‘ururlanaman, sen qahramonimizsan” - Shavkat Mirziyoyev Javohir Sindorovni shaxsan tabrikladi
12:05 / 15.04.2026