AQSh Shimoliy Koreya tomondan raketa zarbasi berilishi mumkinligiga shubha bildirdi
AQSh milliy xavfsizligi vaziri Jon Kellining fikricha, ayni vaqtda Shimoliy Koreya tomondan raketa zarbasi berilishi dargumon ko‘rinadi. Kelli bu haqda NBC telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Shimoliy Koreyaga kelsak, Shimoliy Koreya tomonidan hoziroq AQShga jismoniy tahdid mavjud, deb o‘ylamayman, biroq kiberhududda ma'lum xavf bor", deb aytgan vazir.
9 aprelda AQSh qurolli kuchlarining Tinch okeani qo‘mondonligi Koreya yarimoroli tomon harbiy-dengiz kuchlarining Carl Vinson aviatashuvchi kemasi boshchiligidagi zarba beruvchi guruhini yo‘naltirgani ma'lum bo‘ldi. AQSh ma'muriyatining bu qarori Shimoliy Koreya rahbariyatida tashvish uyg‘otdi. Shimoliy Koreya AQSh raketa zarbasi berishi mumkinligini istisno qilmayapti.
Bunday sharoitlarda Pxenyan Vashingtonning tajovuzkor siyosatiga javoban o‘zining raketa-yadroviy salohiyatini mustahkamlashini ma'lum qilgan. Koreya xalq armiyasi bosh shtabi AQSh va uning ittifoqdoshlarining harakatlariga qat'iy choralar ko‘rishga va'da bergan.
Mavzuga oid
22:49 / 27.12.2024
AQSh «Gurjiston orzusi» yetakchisi Bidzina Ivanishviliga qarshi sanksiyalar joriy etdi
21:44 / 27.12.2024
Tramp ilgari surayotgan ommaviy deportatsiya 86 mlrd dollarga baholanmoqda
18:33 / 26.12.2024
«Uyda yolg‘iz» filmidagi mashhur uy sotib yuborildi
16:03 / 26.12.2024