Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xavi «Barselona»ga ayni damda kim yetishmayotganini aytdi
«Barselona» futbol klubi sobiq yarim himoyachisi Xavi Ernandes Kataloniya jamoasi Dani Alvesni sotib yuborib, katta xato qilganini aytdi. Eslatib o‘tamiz, Xavi ayni damda Qatarning «Al-Sadd» jamoasida to‘p surmoqda, Alves esa joriy mavsum avvalida Turinning «Yuventus» klubi safiga borib qo‘shildi.
«Men Alvesni «Barselona»ga qaytargan bo‘lardim, u jamoaga juda yetishmayapti. U «Barselona»ni tark etishga qaror qildi, men uchun esa Dani ayni damda dunyodagi eng kuchli o‘ng qanot himoyachisidir», - deya Xavining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Goal internet-portali.
Ma'lumot uchun, «Barselona» YeChL chorak finalining birinchi uchrashuvida «Yuventus»ga mehmonda yirik hisobda (0:3) imkoniyatni boy berdi. Javob bahsi 19 aprel kuniga rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026