Jahon | 08:43 / 15.04.2017
15500
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: AQSh KXDRga nisbatan harbiy choralar o‘rniga bosim o‘tkazish siyosatini tanladi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Shimoliy Koreyaning yadro sinovlari bilan bog‘liq vaziyatni hal etish uchun bosim o‘tkazish siyosatini tanladi. Associated Press agentligi o‘z manbalariga asoslangan holda shunday xabar qilmoqda

Ta'kidlanishicha, prezident maslahatchilari, shuningdek, KXDRni yadroviy davlat sifatida tan olish ehtimolini ham ko‘rib chiqishgan. 

Bundan tashqari, harbiy aralashuv rejasi ham muhokama etilgan, biroq, keyinchalik, bu kabi harakatlardan voz kechish hamda bosimni kuchaytirishga qaror qilingan. 

Shu bilan birga, AQSh Rossiya va Xitoyning yordam berishiga umid qilmoqda. 

Yaponiya milliy xavfsizlik kengashi, o‘z navbatida, vaziyat yanada taranglashsa, Janubiy Koreyadagi 57 ming nafar fuqarolarini ko‘chirish masalalarini muhokama qildi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid