Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya AQSh zarbasiga yadro zarbasi bilan javob qaytaradi
KXDR AQSh fitnasiga qarshi yadro zarbasi bilan javob beradi. Bu haqda Koreya xalq armiyasi vitse-marshali, Milliy mudofaa kengashi a'zosi Chxve Ryon Xe bayonot berdi. U mamakat asoschisi Kim Ir Sen tavallud kunining 105 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan harbiy paraddagi murojaatida shunday tahdidni bildirgan.
Vitse-marshal so‘zlariga ko‘ra, "Shimoliy Koreyaning adolatli yadro quroli Amerika qurolini yo‘q qiladi", - deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Agar Amerika fitna uyushtirsa, biz zudlik bilan vayron qiluvchi hujum bilan javob qaytaramiz. Total urushga – total urush bilan, yadro urushiga – yadro zarbasi bilan", — degan yuqori lavozimli siyosatchi va harbiy.
15 aprel kuni Pxenyanda harbiy parad bo‘lib o‘tdi. Reyter agentligiga ko‘ra, unda ilk marotaba suvosti kemalari ballistik raketalari namoyish etilgan.