Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi «Real Sosedad»ga qarshi o‘yinda rekordlarini yangiladi
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi shaxsiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashda davom etmoqda.
Ispaniya chempionatining 32-turi doirasida «Real Sosedad»ga qarshi kechgan va 3:2 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yinda Messi 2ta gol urdi. Shu tariqa, uning mazkur mavsumda barcha turnirlar doirasida urgan gollari soni 45taga yetdi.
Argentinalik futbolchi endilikda faoliyatidagi oltinchi mavsumda kamida 45ta gol urmoqda. U 2009/10, 2010/11, 2011/12, 2012/13, 2014/15, 2016/17 mavsumlarda shunday sermahsullik qayd etdi.
Messi joriy mavsumda YeChLda, Ispaniya chempionatida, 2017 yilda eng ko‘p gol urgan futbolchi bo‘lib turibdi. U shuningdek, 2016-17 yilgi mavsumda gol+pas bo‘yicha eng yaxshi natijani qayd etib turibdi.
Mavzuga oid
17:35 / 14.07.2026
O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi
23:48 / 27.04.2026
London marafonidagi rekord Adidas aksiyalari narxini oshirdi
12:47 / 25.04.2026
Uoll-stritda rekord daromad qayd etildi
10:58 / 25.04.2026