Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy Liga. «Lokomotiv» «taxtga qaytdi», «Paxtakor»ning inqirozi davom etadi va turning boshqa natijalari
14-15 aprel kunlarida futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 6-turi uchrashuvlari o‘tkazildi.
Juma kuni turnir mavsumni yaxshi boshlagan «Mash'al» va «Qo‘qon—1912» klublari Muborakda to‘qnash keldi. O‘yinning asosiy vaqti tugashi arafasida mezbonlar mag‘lubiyatdan qutulib qoldi — 1:1.
Qo‘lga kiritilgan 1 ochko qo‘qonliklar jamoasini turnir jadvali peshqadamida vaqtincha peshqadamga aylantirdi..
Toshkentda esa «Obod» «Olmaliq» klubiga imkoniyatni boy berdi — 0:1.
Toshkentning «Paxtakor» klubi bosh murabbiy almashganidan keyin ham qoniqarsiz natija ko‘rsatishda davom etdi. «Sho‘rtan» mehmoni bo‘lgan Ravshan Haydarov shogirdlari 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatga uchradi.
«Sho‘rtan»da ham 4-turdan keyin bosh murabbiy Aleksandr Volkov ishdan bo‘shatilgandi. Shundan so‘ng g‘uzorliklar klubi «Lokomotiv» va «Paxtakor» klublarini 2:0 hamda 3:0 hisoblarida mag‘lub etdi.
6-turning markaziy uchrashuvi poytaxtda bo‘lib, unda mamlakatning amaldagi chempioni «Lokomotiv» Qarshining «Nasaf» klubini qabul qildi va turnir jadvalidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibi (bu ikki jamoa ham tur arafasida 9tadan ochko to‘plab turgandi) 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Endi «Lokomotiv» 12 ochko bilan turnir jadvali peshqadami bo‘lib turibdi.
Mavsumni ketma-ket 3 g‘alaba bilan boshlab muxlislar e'tiborini o‘ziga qaratgan Samarqandning «Dinamo» klubi keyingi ikki turda mag‘lub bo‘lib, muxlislarini xafa qilgandi. Jamoa bu turda «Buxoro»ni 3:1 hisobida yengib, 12 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida ikkinchi pog‘onaga joylashdi.

«Metallurg» — «Navbahor» uchrashuvida nursiz durang qayd etildi - 0:0.
«Neftchi» — «Bunyodkor» uchrashuvi, bugun, 16 aprel kuniga belgilangan.
O‘zbekiston Oliy ligasi
6-tur o‘yinlari
«Mash'al» — «Qo‘qon—1912» 1:1
Gollar: Akmal Xolmurodov, 75 (0:1). Humoyun Murtazoyev, 89 (1:1).
«Obod» — «Olmaliq» 0:1
Gol: Vladislav Kasminin 70, (0:1).
«Sho‘rtan» — «Paxtakor» 3:0
Gollar: Igor Taran, 34 (1:0). G‘ulom Rahmonov, 71 (2:0). Igor Taran, 81 (3:0).
«Lokomotiv» — «Nasaf» 2:1
Gollar: Marat Bikmayev, 32 (1:0). Marat Bikmayev, 51 (2:0). Sharof Muhitdinov, 90 (2:1).
«Dinamo» — «Buxoro» 3:1
Gollar: Orif Mamajonov, 22 (1:0). Javohir Qahramonov, 57 (2:0). Bahriddin Vahobov, 64 (2:1). Amirjon Safarov, 90 (3:1).
«Qizilqum» — «So‘g‘diyona» 1:1
Gollar: Sanjar Rashidov, 27 (0:1). Ilhom Yunusov, 52-pen (1:1).
«Metallurg» — «Navbahor» 0:0
Mavzuga oid
17:43 / 25.04.2026
Superliga. «Paxtakor» va «Neftchi» ta’qibchilardan ilgariladi
17:07 / 20.04.2026
Superliga. Peshqadamlar poygasi va «Bunyodkor»dan superkambek
21:18 / 09.04.2026
«Paxtakor» Farg‘onada «Neftchi»ni mag‘lub etib, Superligada peshqadam bo‘lib oldi
20:49 / 04.04.2026