Panama terma jamoasi futbolchisi otib ketildi
Panama terma jamoasi a'zosi Amilkar Enrikes Nuevo-Kolone shahridagi uyida o‘qotar quroldan otib o‘ldirilgan.
Mirror nashri xabariga ko‘ra, noma'lum shaxslar hujumi vaqtida «Ameriki Kali» klubi yarimhimoyachisi bo‘lgan Enrikes bir nechta o‘q tegishi oqibatida halok bo‘lgan, uning yonidagi yana ikki kishi jarohatlangan.
33 yoshli futbolchi Sabanitas shahar shifoxonasiga olib kelingan, ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qolisha olishmagan.
Enrikes 2005 yilda Panama terma jamoasida debyut qilgan edi. U terma safida safida 75 o‘yinda maydonga tushgan. U JCh-2018 saralashi doirasida 2017 yilning 28 mart kuni AQSh termasiga qarshi o‘tgan va 1:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda ham o‘ynagandi.
Panama prezidenti Xuan Karlos Varela hodisani qoralagan va jinoyatchilarni topishga ko‘rsatma bergan.
Mavzuga oid
17:01 / 23.12.2024
Tramp Panama kanalini olib qo‘yish bilan tahdid qildi
01:17 / 21.08.2024
Panama AQSh tomonidan moliyalashtiriladigan reyslar orqali migrantlarni qaytarishni boshladi
10:36 / 09.04.2024
Panamada «Panama hujjatlari» ishi bo‘yicha sud boshlandi
13:33 / 30.11.2021