Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda eng qidiriluvchi poraxo‘rlardan biri taslim bo‘ldi
Foto: Fotolia/ Fotokon
Xitoy hukumati tomonidan eng qidiriluvchi 100 poraxo‘rdan biri, ko‘p yillardan beri Kanadada yashirinib yurgan Li Shitsyao vataniga qaytdi va hukumatga taslim bo‘ldi. Bu haqda Xitoy Kompartiyasining intizomni tekshirish bo‘yicha markaziy komissiyasi xabarida ma'lum qilindi.
2015 yil aprelda Xitoyda Kompartiyaning xorijda qochoqlikda yurgan poraxo‘r amaldorlari va a'zolarini ushlash bo‘yicha "Osmon to‘ri" deb nomlangan kampaniya boshlangan. Xitoy hukumati Interpolga korrupsiyada gumon qilinuvchi 100 nafar eng qidiriluvchi qochoqdan iborat ro‘yxatni topshirgan. Interpol bu qochoqlarni qidiruvga bergan.
Ma'lum qilinishicha, 1942 yilda tug‘ilgan Li Shitsyao bu ro‘yxatda 75-o‘rinni egallagan.
Li Shitsyao Ninbo shahrida ko‘chmas mulk kompaniyasida boshqaruvchi bo‘lib ishlagan va Kanadaga 2009 yilda qochib ketgan.
Ma'lum qilinishicha, Li Shitsyao 100 nafar qochoqdan Xitoyga qaytarilgan qirqinchisi bo‘ldi.
Ayni vaqtda Pekin qochoq amaldorlarni ortga qaytarish bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan faol muzokaralar olib bormoqda.
Mavzuga oid
13:52 / 15.01.2026
Xitoyning Rossiya bilan savdo hajmi 5 yilda ilk bor qisqardi
12:13 / 14.01.2026
Arktika xavfsizligi: Germaniya Rossiya va Xitoy tahdidlariga ishora qildi
23:35 / 12.01.2026
O‘ldingmi? – Xitoyda yolg‘iz odamlar uchun mo‘ljallangan ilova ommalashdi
00:48 / 11.01.2026