Sport | 19:01 / 18.04.2017
8459
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» bosh murabbiyligiga nomzod hozirgi jamoasidan ketadigan bo‘ldi

«Atletik» bosh murabbiyi Ernesto Valverde jamoadan ketishga qaror qildi. Bu haqda Tribuna.Uz xabar tarqatdi.

Manba bergan ma'lumotlarga ko‘ra, basklar jamoasiga o‘zining kelgusi rejalari haqida ma'lum qilib ulgurgan. Bilbaoliklar prezidenti Xose Urrutiya Valverdening o‘z pozitsiyasini aytishini imkoniyat bergan. Tomonlar ikki oydan buyon iste'fo masalasini muhokama qilib kelishgan.

Valverdega «Barselona» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Kataloniyaliklar mutaxassis bilan aloqaga chiqishga ulgurishgan. Ispaniyalik murabbiy yozda jamoani tark etadigan Luis Enrikening o‘rnini egallashi kutilmoqda.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid