Jahon | 14:37 / 19.04.2017
4857
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiya migratsiya borasida Avstraliyadan o‘rnak olmoqda

Yangi Zelandiya hukumati xorijliklarga viza berish tartibini o‘zgartirishga qaror qildi. Bu haqda immigratsiya, mehnat munosabatlari va xavfsizlik vaziri Maykl Vudxaus ma'lum qildi. Uning izoh berishicha, rejalashtirilayotgan o‘zgarishlar asosida "Birinchi navbatda – yangi zelandiyaliklar" (Kiwis-first) qoidasi yotadi.

"Bu o‘zgarishlar ko‘proq yangi zelandiyaliklarni yollash hamda ularni qayta tayyorlash va o‘qitishni rag‘batlantirish maqsadida amalga oshiriladi", - degan vazir. 

Yangi qoidalar, jumladan mamlakatda ishlayotgan xorijliklarga oila a'zolarini taklif qilishda cheklovlarni joriy qiladi. "Malakali xorijiy ishchi" viza tushunchasi mamlakatdagi o‘rtacha ish haqiga bog‘lanadi. Buning oqibatida past ish haqiga rozi bo‘ladiganlarning viza olishlariga imkon bermaydi. 

Eslatib o‘tamiz, Yangi Zelandiya qo‘shnisi bo‘lgan Avstraliya ham 18 aprel kuni 457-sonli ishchi viza berishni bekor qilgani haqida e'lon qilgandi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid