Jamiyat | 13:24 / 19.04.2017
10218
1 daqiqa o‘qiladi

Yashnobod tumanida pensioner ayolni “Neksiya”da urib, qochib ketgan talaba ushlandi

17 aprel kuni Toshkent shahrining Cho‘lpon ko‘chasida soat 9:00da yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

«Neksiya» avtomobilining 1996 yilda tug‘ilgan, oliy ta'lim muassasalaridan birining ikkinchi bosqichida tahsil oluvchi haydovchisi piyodani urib yubordi hamda kerakli yordam ko‘rsatmasdan voqea joyidan qochib ketdi. YTH «Oqshom» kafesi ro‘parasida yuz bergan.

1950 yilda tug‘ilgan jabrlanuvchi bo‘lmish pensioner ayol miya chayqalishi va turli og‘irlikdagi jarohatlar bilan neyrojarrohlik klinikasiga olib ketildi.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida «Neksiya» haydovchisi o‘sha kuni soat 19:45 da  Toshkent YHXBB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Endilikda u qonun oldida javob beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid