Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilişiça, hodisa 10 iyun kuni soat 07:25 da xalqaro ahamiyatga ega bölgan «Toşkent – Öş» avtomobil yölining 163-kilometrida, Qamçiq dovoni hududida sodir bölgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, «Spark» rusumli avtomobil haydovçisi boşqaruvni yöqotişi natijasida transport vositasi ağdarilib, yöl çetidagi jarlikka tuşib ketgan.

YTH oqibatida haydovçi jiddiy tan jarohatlari olmagan.

Voqea joyiga FVVning «Qamçiq» maxsus qutqaruv boşqarmasi qutqaruvçilari tezkorlik bilan yetib kelib, maxsus qutqaruv krani yordamida avtomobilni jarlikdan olib çiqqan. Şundan söng transport vositasi evakuator orqali belgilangan manzilga yuborilgan.