17:03 / 19.04.2017
6712

Tailand poytaxtida ko‘cha ovqati taqiqlandi

Tailand poytaxti Bangkok shahrining asosiy ko‘chalaridan barcha savdo do‘konchalari, jumladan mashhur taomlar ham olib tashlanadi. Hukumatning ma'lum qilishicha, bu qaror poytaxt shaharda “tartib va tozalikni” saqlash maqsadida qabul qilingan.

Shahar gubernatori katta maslahatchisi Vanlop Suvandining ta'kidlashicha, savdo nuqtalari 2017 yilning oxiriga qadar olib tashlanadi. Ko‘cha taomlaridan tashqari “kiyim-kechak va kontrafakt mahsulotlar” ham taqiqqa uchraydi. Suvandining qayd etishicha, gap hozircha faqat Bangkokning asosiy ko‘chalari haqida ketmoqda, sotuvchilar esa mahalliy bozorlarda o‘z faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Gubernator katta maslahatchisining qo‘shimcha qilishicha, shahar ma'muriyati noqonuniy do‘konchalar egalariga hech qanday yengilliklar bermaydi va yakunda “trotuarlar piyodalarga qaytarib beriladi”. Biroq Tailand poytaxtidagi tumanlardan birining vakillari ta'kidlashicha, taqiq taomlar bo‘lgan aravachalarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Bundan o‘ziga xos tozalash ishlari Bangkokning 50 ta tumanida o‘tkaziladi. Ilk shunday ishlar esa 2017 yilning aprel oyida boshlangan. The Guardian nashri ma'lumotiga ko‘ra, taqiq Siam markaziy tumanida joriy etib bo‘lingan: do‘koncha egalari politsiya tomonidan haydab yuborildi. 

Biroq bu yangilikka salbiy munosabatda bo‘layotganlar ham bor. “Ko‘cha ovqati mahalliy aholi orasida hamon ommabop bo‘lib qolmoqda. Albatta, Bangkok bu taqiq tufayli o‘ziga jalb etuvchi muhim jihatlardan mahrum bo‘ladi”, - deya aytib o‘tdi bloger Chavadi Nualxayra.

Ma'lumot uchun, aynan ko‘cha taomlari Tailand poytaxtiga ko‘plab turistlarni jalb etadi. CNN telekanali esa 2017 yilning aprelida Bangkokni “eng yaxshi ko‘cha ovqatlari bo‘lgan shaharlar” ro‘yxatiga ketma-ket ikkinchi marotaba kiritdi.

Mavzuga oid
Top