Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek-Xitoy biznes forumida loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha kelishuvlar imzolanadi
19 aprel kuni Toshkent shahridagi Xalqaro biznes-markazida O‘zbek-Xitoy biznes forumi boshlandi. Tadbirda O‘zbekistonning tegishli vazirlik, boshqarma va korxonalari bilan birga Xitoy Xalq Respublikasi (XXR)ning energetika, metallurgiya, telekommunikatsiya, transport kabi bir qator sohalar vakillari qatnashishdi.
Xitoylik vakillar O‘zbekistonda Investitsiya Davlat qo‘mitasining tuzilishini alohida e'tirof etdi va investitsiya har qanday mamlakat taraqqiyotida muhim rol o‘ynashi, shuningdek, savdo-iqtisodiy aloqalar ham muvaffaqiyatli rivojlanib kelayotganini qayd etishdi.
Ta'kidlash joizki, 1992 yilda Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar almashinuvi 47 million AQSh dollarini tashkil qilgan, o‘tgan yili esa bu ko‘rsatkich 4,7 milliard dollarga yetgan - bu ko‘rsatkichlarning 100 karra o‘sganidan dalolatdir. 2017 yilning birinchi choragida ikki mamlakat o‘rtasida tovar almashinuvi qiymati 1,2 milliard dollarni tashkil qildi. Investitsiyalar esa 7,6 milliard dollarni tashkil etadi, bu mazkur ko‘rsatkichlarning ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilgan vaqtdan buyon 700 barobarga o‘sganini ko‘rsatadi.
«Joriy yilda prezidentimiz farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasida investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tashkil etildi. Mazkur qo‘mita O‘zbekistonni investitsion siyosatini muvofiqlashtirish, xorijdan yurtimizga jalb etilayotgan sarmoyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va ularning samaradorligini oshirish vazifalari bilan shug‘ullanadi. Qo‘mita tomonidan bugun birinchi marta xitoylik hamkorlar bilan biznes forum tashkil etildi. Forumdan ko‘zlangan maqsad mehmonlar va tegishli davlat idoralari vakillarini uchrashtirib, ularni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan turli loyihalarga taklif qilish.
Forumda Xitoyning gidroenergetika, suv qurilish, metallurgiya, tog‘-kon sanoati va kabel injyenering kabi sohalarida faoliyat olib borayotgan tashkilotlar vakillari ishtoirok etishmoqda. O‘zbekistonning «O‘zbekenergo», «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatlari esa o‘zining taqdimot ishlari bilan qatnashishdi. Uch kun davom etuvchi forum doirasida ikki tomonlama takliflar ko‘rib chiqiladi va tanlangan loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha kelishuvlar imzolanadi», degan Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov.

Mazkur biznes-forum ikki davlat o‘rtasidagi samarali hamkorlik namunasi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xitoy Xalq Respublikasiga 2017 yil may oyida bo‘lib o‘tadigan tashrifi oldidan amaliy natijalarini o‘zida aks ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31 mart kungi farmoni bilan O‘zbekistonda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tashkil etilgandi.
Mavzuga oid
12:32 / 06.06.2024
Anqarada O‘zbekiston-Turkiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
14:48 / 15.10.2019
Turkiy kengashga a'zo davlatlar ishbilarmonlari ishtirokida biznes forum bo‘lib o‘tdi
11:06 / 06.10.2019
Turkiy tilli davlatlarning Toshkentdagi biznes forumida 500dan ortiq tadbirkor qatnashdi
11:33 / 20.09.2019