Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston oliy sudi bosh vazirni iste'foga ketkazmadi
Pokiston oliy sudi "Panama hujjatlari" mojarosi sababli mamlakat bosh vaziri Navoz Sharifni iste'foga ketkazishdan bosh tortdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
5 sudyadan 2 nafari Sharifning iste'fosini qo‘llab-quvvatlagan, biroq qolgan 3 sudya Sharif ishi bo‘yicha keltirilgan isbotlar yetarlicha emasligini aytishgan. Oliy sud Sharifning 4 farzandidan 3 nafariga nisbatan tergov o‘tkazish kerakligini aytdi. Ular Londonda mulk sotib olishda ofshor kompaniyalardan foydalanganlikda gumonlanmoqdalar. Tergov harakatlari maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi, u ikki oydan keyin natijalarni taqdim qilishi kerak. Sharif va uning yaqinlari barcha ayblovlarni inkor qilishmoqda.
Bu orada Pokiston muxolifati Sharifning zudlik bilan iste'foga ketkazilishini talab qilmoqda. "Taxriq-a-Insof" partiyasi yetakchisi Imron Xon tergov ostida bo‘lgan odam bosh vazir lavozimini egallay olmasligini aytgan. Xonning aytishicha, Sharif tergov tugagandan keyin, agar o‘z aybdorsizligini isbotlay olsa, yana o‘z lavozimini egallashi mumkin.
"Panama hujjatlari"ga ko‘ra, 200 dan ko‘proq pokistonlik ofshor kompaniyalarga ega. Ular orasida Sharifning ikki o‘g‘li – Hasan va Husan hamda qizi Maryam, Sharifning ukasi va Panjob viloyati bosh vaziri Shahboz Sharifning ikki raqifasi yaqinlari bor.
Mavzuga oid
17:36 / 25.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Pokiston rahbariyatiga ta’ziya yo‘lladi
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
21:05 / 20.05.2026
Eron boyitilgan uranni Rossiyaga topshirishni ko‘rib chiqmoqda
23:00 / 18.05.2026