Rubio, şuningdek, kelajakda mojarolar oldini oladigan konstruktiv muzokaralar boşlaşda AQŞning yordamini taklif qildi, dedi Davlat departamenti vakili.
Pokiston şanba kuni erta tongda Hindiston havo bazalariga bir neça soat oldingi raketa hujumlariga javoban harbiy operatsiya boşlaganini e’lon qildi. Hindiston hukumati vaziyatning keskinlaşişiga javob qaytarişga tayyorligini bildirdi.
Pokiston «Banyan-ul-Marsus» ("Mustahkam devor") deb nomlangan keng kölamli harbiy operatsiyani boşladi, deb xabar berdi Pokistonning Geo TV telekanali xavfsizlik manbalariga tayanib. Keyinroq Pokiston hukumatining X'dagi akkauntida operatsiya boşlangani haqidagi xabar paydo böldi.
Naşr manbalariga köra, amaliyot doirasida Pokiston armiyasi Hindiston hududidagi köplab strategik nişonlarga zarba berişni rejalaştirgan. Naşr Hindiston-Rossiya qöşma korxonasi tomonidan işlab çiqariladigan, tovuşdan tez uçuvçi BrahMos raketalari ombori yöq qilingani haqida xabar berdi.
Şuningdek, naşr manbalariga köra, boşlangan operatsiya davomida Pokiston Hindistonning Udhampur va Pathankot havo bazalariga, armiya brigadasi qarorgohi va yirik harbiy omborga zarba bergan.













