Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mers 30 kunlik otashkesim haqida: To‘p - Moskva tomonida
Germaniya kansleri Fridrix Mers Bryusselda Ukrainada 30 kunlik otashkesim masalasida to‘p Moskva tomonida ekanligini aytdi.
Foto: AP
Germaniya kansleri Fridrix Mersning fikricha, Ukrainada 30 kunlik so‘zsiz otashkesim masalasida to‘p Moskva tomonida. Mers 9 may, juma kuni Bryusselda tegishli bayonot bilan chiqdi. «Endi to‘p faqat Moskvaning tomonida. Faqat u yerda Ukrainada kelasi haftadan, ya’ni kelasi hafta boshidan uzoqroq muddatga o‘t ochishni to‘xtatish, keyin esa Ukrainada uzoq muddatli tinchlik bo‘yicha muzokaralar uchun maydon yaratish imkoniyati bor-yo‘qligi hal qilinadi», — deya ta’kidladi Mers.
«Bu haqiqatan ham navbatdagi sinov, Rossiya prezidentining Ukrainada haqiqatan ham tinchlikka erishishga intilishining jiddiyligining o‘ta aniq va haqiqiy sinovi», — deya qo‘shimcha qildi u. Kanslerning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa va Qo‘shma Shtatlar 30 kunlik otashkesim haqidagi chaqiriqni birgalikda qo‘llab-quvvatlaydi. «Biz buni Germaniya hukumati nuqtayi nazaridan ham to‘g‘ri deb hisoblaymiz», dedi Mers.
Bu borada YeI davlatlari – Germaniya, Fransiya va Polsha, shuningdek, boshqa sheriklarning qo‘shma bayonoti loyihasi mavjud, deb xabar beradi Reuters. Kommyunike loyihasi «30 kunlik otashkesim taklifi bilan asosan mos keladi», dedi Germaniya vazirlar mahkamasi rahbari va keng konsensus uchun, ayniqsa, AQSh prezidenti Donald Trampdan minnatdor ekanini ta’kidladi.
Mavzuga oid
13:37 / 14.01.2026
Germaniya, Fransiya, Italiya va Britaniya Eron elchilarini TIVga chaqirdi
12:13 / 14.01.2026
Arktika xavfsizligi: Germaniya Rossiya va Xitoy tahdidlariga ishora qildi
18:18 / 12.01.2026
Rossiya-Ukraina urushi davomiyligi bo‘yicha SSSR-Germaniya urushiga tenglashdi
13:13 / 10.01.2026