Keyinroq Pokiston hukumatining X'dagi akkauntida operatsiya boşlangani haqidagi xabar paydo böldi.

Naşr manbalariga köra, amaliyot doirasida Pokiston armiyasi Hindiston hududidagi köplab strategik nişonlarga zarba berişni rejalaştirgan. Naşr Hindiston-Rossiya qöşma korxonasi tomonidan işlab çiqariladigan, tovuşdan tez uçuvçi BrahMos raketalari ombori yöq qilingani haqida xabar berdi.

Şuningdek, naşr manbalariga köra, boşlangan operatsiya davomida Pokiston Hindistonning Udhampur va Pathankot havo bazalariga, armiya brigadasi qarorgohi va yirik harbiy omborga zarba bergan.

Bir neça soat oldin Pokiston armiyasi Hindistondan özining havo bazalariga raketa hujumi uyuştirilganini e’lon qilgan va javob çoralari bilan tahdid qilgan edi. Bazalardan biri Nur Xon Ravalpindi şahrida, poytaxt Islomoboddan 10 km uzoqlikda joylaşgan. Şundan söng butun mamlakat böylab havo hududi mahalliy vaqt bilan 10 may kuni tuşgaça yopildi.

Hindiston ommaviy axborot vositalari, xususan Times of India hozirça Geo TV ma’lumotlarini tasdiqlovçi heç qanday zarbalar haqida xabar bermagan. Şuningdek, Hindiston rasmiylari avvalroq Pokiston havo bazalariga zarbalar berilgani haqidagi xabarlarga izoh taqdim etmagan.

Avvalroq G7 davlatlari Hindiston va Pokistonni 50 kişining hayotiga zomin bölgan mojaro avj olişini töxtatişga çaqirgan edi, deb eslatadi Reuters.