Samsung Galaxy Note 8 ikki kameraga ega bo‘ladi (5 surat)

Samsung kompaniyasi yangi flagmanlarining texnik xususiyatlari muhokama bosqichida internetda Galaxy S8 va Galaxy S8 Plus qurilmalari ikki kamera bilan ta'minlanishiga oid taxminlar ilgari surilgan edi. To‘ng‘ich modelning suratlari tarmoqda tarqalgandan keyin bu taxminlar bilvosita tasdiqlandi. Phonearena shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi.
Suratlar ishlab chiqaruvchilarning ikki vertikal kamerali smartfon taqdim etishni rejalashtirganidan dalolat beradi. Internetda mazkur flagman prototipining yangi tasvirlari tarqalishda davom etmoqda. Yaqinda smartfonning old va orqa qismi surati paydo bo‘ldi. Unda qurilmaning ikki kamera va barmoq izlari skaneri bilan ta'minlanganini ko‘rish mumkin.
Ba'zi foydalanuvchilarning taxminlariga ko‘ra, suratlarda taqdimoti rejalashtirilayotgan Galaxy Note 8 fableti aks ettirilgan bo‘lishi mumkin.
Gadjyetlar borasida aksariyat taxminlari to‘g‘ri chiqishi bilan tanilgan KGI Securities tahlilchisi Min-Chi Kuo Janubiy Koreya gigantining haqiqatda Note lineykasidan voz kechmasligini tasdiqladi.
Shuningdek Galaxy Note 8 flagmani 6.4-dyuym QHD+ qarorli Super AMOLED-displeyi, Snapdragon 835 yoki Exynos 8895 top protsessori, 6 Gb operativ va 256 Gb flesh-xotira bilan ta'minlanishi ma'lum qilingan. Uning tashqi ko‘rinishi Galaxy S8'ga o‘xshash bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ayrim ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajati vaucher asosida qoplab beriladi
O‘zbekiston | 13:33
-
Rossiya biznesi Kuba iqtisodiyotiga 1 mlrd dollardan ortiq sarmoya kirityapti
Jahon | 13:32
-
Britaniya harbiy-dengiz floti boshlig‘i ishdan chetlatildi
Jahon | 13:29
-
Samarqand va Tel-Aviv o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston | 13:02
Mavzuga oid

14:05 / 10.06.2023
Jizzaxda sevgan qizining uyatli rasmlarini internetda tarqatish bilan qo‘rqitgan yigit qo‘lga olindi

20:29 / 15.10.2019
Ularni bu rakursda ko‘rmagansiz: Shaharlarning qush parvoz qiladigan balandlikdan olingan suratlari

12:24 / 04.03.2019
Akslardagi g‘aroyib go‘zallik

11:58 / 30.01.2019