16:56 / 20.04.2017
10716

Zangiota tumanida yong‘in ro‘y berdi, bir kishi halok bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi IIV YoXBB o‘tgan hafta sodir bo‘lgan yong‘inlar to‘g‘risida ma'lumot berdi. Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iton Respublikasi Kegeyli tumanida yashovchi fuqaro S.Qobilovning uyidagi isitish pechining dudburoni qizib ketishi natijasida yong‘in kelib chiqib, uyning 90 kv.m. maydonda tom qismi yonib zararlangan. 

Jizzax viloyati Zomin tumanida yashovchi fuqaro O.Hasanovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 90 kv. metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi fuqaro S.Shoislomovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 60 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasining o‘g‘li 1989 y.t. M.Shoislomovning kuygan holdagi jasadi topilgan. 

Toshkent shahar Sergeli tumanida yashovchi fuqaro K.Nazriyevning uyida paxta yog‘ini dog‘lash uchun gaz plitasiga qozonda yog‘ni qo‘yib, uni nazoratsiz qoldirishi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘indan uyning 50 kv. metr maydonda tom qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Top