Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda toliblarning hujumidan qurbon bo‘lganlar soni 140 nafarga yetdi
Afg‘oniston janubidagi Balx viloyatida joylashgan harbiy bazaga "Tolibon" radikal harakatining hujumi oqibatida halok bo‘lgan afg‘on harbiylari soni 140 nafarga yetdi. Bu haqda Reyter agentligi afg‘on rasmiylariga tayangan holda xabar qilmoqda.
AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) vakili Jon Tomas, viloyat ma'muriy markazi Mozori-Sharif yaqinidagi hujumdan 50 kishi halok bo‘lgani haqida ma'lum qilgandi.
Biroq, Mozori-Sharif shahrilik mulozim, qurbonlar soni 140 nafarni tashkil etganini bildirgan. Ko‘plab kishilar tan jarohati olgan. Boshqa ayrim rasmiylar esa, qurbonlar soni ortishi mumkinligini aytishgan. Afg‘onistonning Tolo News telekanali xavfsizlik kuchlaridagi manbasiga tayangan holda 135 nafar kishi halok bo‘lgani, 60 kishi yaralangani haqida xabar qilgan.
Avvalroq, Pajvak agentligi xavfsizlik idoralariga tayangan holda afg‘on armiyasi libosini kiyib olgan jangarilar Balxdagi harbiy bazaga hujum qilgani haqida xabar qilgan edi. Hujum uchun javobgarlikni "Tolibon" harakati o‘z zimmasiga oldi.
Mavzuga oid
18:35
«Tolibon» elitasidagi bo‘linish: jurnalistlar internet masalasidagi manfaatlar to‘qnashuvini ochib berdi
23:16 / 06.01.2026
O‘zbek tilining Afg‘onistonda qo‘llanishiga cheklov joriy etilmadi – TIV
08:55 / 30.12.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga 390 tonna gumanitar yordam yetkazdi
21:38 / 27.12.2025