Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bunyodkor» OChLda 3 yil ichidagi ilk g‘alabasini nishonladi
Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichi, 5-turida «Bunyodkor» «Al-Ahli»ni qabul qildi.
Uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Birinchi bo‘limning 8-daqiqasidayoq Akrom Komilov burchak zarbasidan so‘ng boshi bilan darvozani ishg‘ol etib, hisobni ochdi.
O‘yinning 54-daqiqasiga kelib, Eldor Shomurodov Hamdamovning pasidan so‘ng Al Musaylim qo‘riqlayotgan darvozani ikkinchi bor ishg‘ol etdi.
O‘yinda shu hisob saqlanib qoldi va keyingi bosqich yo‘llanmasidan mahrum bo‘lib ulgurgan «Bunyodkor» guruh bosqichidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari bu jamoaning OChLda oxirgi 3 mavsumda qo‘lga kiritgan ilk g‘alabasi bo‘ldi.
Osiyo Chempionlar ligasi, 5-tur
«Bunyodkor» – «Al-Ahli» 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 - 8 Komilov, 2:0 - 54 Shomurodov.
«Bunyodkor»: Zuhurov, Ashurmatov, Komilov, Shomurodov, Hamdamov, To‘xtasinov, Azimov, Ahmadaliyev, Umirov, Shukurov, G‘iyosov.
«Al-Ahli»: Al Musaylim, Muvashar, Al Jassim, Al Soma, Fetfattsidis, Abdulshafi, Al Sahabi, Al Muvallad, Havsavi, Tavfiq, Abdulamir.
Mavzuga oid
19:59 / 14.05.2026
«Bunyodkor» – Rivaldo mojarosi. Shartnoma yana buzildi
21:36 / 07.05.2026
“Hamma bo‘ynigacha qarz” – “Bunyodkor”da yuzlab ishchilar ofsaydga tushib qoldi
12:23 / 24.04.2026
«Bunyodkor» va Rivaldo mojarosi. Qarzni kim to‘laydi?
17:07 / 20.04.2026