21:30 / 24.04.2017
15318

Oliy liga. 7-turda eng ko‘p va kam muxlis tashrif buyurgan o‘yinlar ma'lum bo‘ldi

O‘zbekiston chempionatining 7-turidan o‘rin olgan uchrashuvlarga tashrif buyurgan muxlislar soni aniq bo‘ldi.

PFL rasmiy sayti bergan ma'lumotga ko‘ra, 7-turda eng ko‘p tomoshabin Namangandagi markaziy stadiondagi 

«Navbahor» va «Sho‘rtan»  jamoalari uchrashuviga tashrif buyurgan bo‘lib, muxlislar soni 12705 nafarni tashqil qilgan. Shuningdek, «Buxoro» – «Mash'al» uchrashuvini (2:2) 10572 tomoshabin bevosita kuzatib borgan. Qo‘qondagi o‘yinga esa 8600dan ziyodroq tomoshabinlar kelgan.

Eng kam tashrif Toshkent jamoalari uyida kuzatilishda davom etmoqda. 7-turda «Bunyodkor» va «Dinamo» jamoalari uchrashuviga bor-yo‘g‘i 705 nafar muxlis kelgan.

Jami bo‘lib 7-tur uchrashuvlarini 41641 tomoshabin kuzatib borgan. Bu o‘rtacha har o‘yinga 5 205 nafar muxlis tashrif buyurganini anglatadi.

Oliy liga. 7-turga tashrif buyurgan muxlislar

«Navbahor» – «Sho‘rtan» – 1:0. 12705 tomoshabin.
«Buxoro» – «Mash'al» – 2:2. 10572 tomoshabin.
«Qo‘qon-1912» – «Metallurg» – 3:0. 8628 tomoshabin.
«So‘g‘diyona» – «Neftchi» – 0:1. 3351 tomoshabin.
«Olmaliq» – «Qizilqum» – 0:0. 2201 tomoshabin.
«Nasaf» – «Obod» – 1:0. 2121 tomoshabin.
«Paxtakor» – «Lokomotiv» – 1:2. 1358 tomoshabin.
«Bunyodkor» – «Dinamo» – 1:1. 705 tomoshabin.

Top