Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: «Al-Qoida»ga aloqador guruh Peterburg terakti uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi
«Al-Qoida» terrorchilik tashkilotiga aloqador hisoblanadigan «Imom Shomil bataloni» guruhi Sankt-Peterburg shahri metrosida 3 aprel kuni amalga oshirilgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan. Bu haqda jangarilarga aloqador SITE Intelligence Group saytida ma'lum qilingan.
Qayd etilishicha, ma'lumotning birinchi manbasi Mavritaniyadagi «Nuakshot» axborot agentligi hisoblanadi. Xabarga ko‘ra, Akbar Jalilov «Al-Qoida» rahbari Ayman al-Zavaxirining ko‘rsatmasi bo‘yicha harakatlangan.
Qayd etish kerakki, shu vaqtga qadar «Al-Qoida»ning alohida bo‘limlari bu qadar keng ko‘lamli teraktlar uchun javobgarlikni zimmasiga olmagan va bu fakt ushbu xabarning haqiqiyligini shubha ostiga qo‘yadi.
Peterburg metrosining «Sennaya ploshchad» va «Texnologicheskiy institut» bekatlari oralig‘idagi portlash 3 aprel kuni yuz bergan edi. Hodisa oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan, 48 kishi tan jarohati olgan. Portlash ishi bo‘yicha hozirgacha 10 kishi hibsga olindi.
Mavzuga oid
11:49 / 14.11.2025
Malida jangarilar tiktokchi qizni qatl etdi. Mamlakat poytaxti xavf ostida
16:52 / 28.08.2024
Burkina-Fasoda harbiylar uchun xandaq qaziyotgan odamlarga hujum qilindi
22:50 / 15.02.2023
«Al-Qoida»ning yangi rahbari boshi uchun 10 million dollar mukofot va’da qilindi
20:48 / 04.08.2022