Malida «Jamoat nusrat al-islom val-muslimin» (JNIM, «Islom va musulmonlarni qöllab-quvvatlaş guruhi») a’zolari maşhur tiktokçi, Mali armiyasini jangarilarga qarşi kuraşda qöllab-quvvatlab keluvçi Mariyam Sisseni öğirlab ketdi va namoyişkorona qatl etdi.

Qurollangan odamlar guruhi uni 7 noyabr kuni Eşel qişloği bozori hududida qölga olişgan, u bu vaqtda navbatdagi rolikni suratga olayotgan edi. Keyingi kuni keçqurun esa uni Niger daryosi sohilidagi Tonka şahri markaziy maydoniga olib kelişgan va odamlar köz öngida otib taşlaşgan.

Sissega oldindan tahdidlar bölib kelgan. Guruh qotillik uçun javobgarlikni rasman öz zimmasiga olmadi, ammo uning uşbu jinoyatga aloqadorligiga heç qanday şubha yöq. JNIM Tonka şahri va uning atrofidagi hududlarda faol harakatlanadi. Mali armiyasining bu yerga eng yaqin bazasi esa 30 kilometr masofada joylaşgan. Harbiylar şaharga yetib kelganida jangarilar allaqaçon Sisseni öldirgan va yaşiringandi.

Mariyam Sisse öz tiktok sahifasida Mali şahri şimoliy qismida, daryo böyida joylaşgan ona şahri Tonkaning kundalik turmuş tarzini tasvirlab kelardi. Bu mintaqada ön yildan oşiq vaqtdan buyon hukumat kuçlari hamda JNIM guruhi jangarilari örtasida uruş ketmoqda – bu «Al-Qoida» va IŞIDning mahalliy bölimi hisoblanadi.

Ötgan yillar mobaynida Malidagi uruşga Fransiya va BMT tinçlikparvar kuçlari aralaşgan, ammo ulardan heç biri jangarilar bosqinini töxtata olmagan. 2020 yilda Malida hokimiyat harbiy töntariş orqali Assimi Goita boşçiligidagi xunta qöliga ötdi. Yangi hukumat ğarb (birinçi navbatda, fransuzlar) bilan hamkorlik qilişdan voz keçdi va Rossiya bilan iqtisodiy-harbiy aloqalarni yölga qöya boşladi. Ma’lum muddat jangarilarga qarşi harbiy harakatlarda «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi ham iştirok etdi. Ammo 2025 yil iyunda vagnerçilar «asosiy vazifa bajarilgani – barça regional markazlar qonuniy hukumat nazoratiga qaytgani»ni rökaç qilgan holda mamlakatni tark etdi.

Sentyabr oyiga kelib esa JNIM jangarilari Malini qöşni davlatlar – Kot-dʼIvuar, Mavritaniya va Senegal bilan boğlovçi muhim transport yönalişlari ustidan nazoratni qölga oldi. Ular benzin taşuvçi maşinalarni egallab olişdi va yoqib yuborişdi, natijada mamlakatda kollaps yuzaga keldi: yoqilği yetişmovçiligi tufayli transport harakati deyarli töliq töxtadi, öquv muassasalari yopildi, mahsulotlar narxlari osmonga kötarildi, elektr yöqligi tufayli şifoxonalar faoliyatida muammolar yuzaga keldi. Mali poytaxti Bamako esa amalda qamal holatida qoldi. Şahar yiqilişi deyarli muqarrar – bu röy beradigan bölsa,