Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailandda sobiq qirolning kuydirilish sanasi e'lon qilindi
O‘tgan yilning oktabrida vafot etgan Tailandning sobiq qiroli Pumipon Adulyadetni kuydirish marosimi shu yilning 26 oktabr sanasida o‘tkaziladi. Bu haqda mahalliy OAV mamlakat oliy harbiy rahbariyatiga tayangan holda xabar bermoqda.
Hukumatning rasmiy vakili, general-leytenant Sansen Kevkumnedning so‘zlariga ko‘ra, besh kunlik dafn marosimi 25 oktabrda boshlanadi.
OAVning qayd etishicha, Tailand qirollik oilasi vakillarining dafn marosimi keng miqyosli va juda serxarajat tadbir bo‘ladi — so‘nggi marta bunday tadbir mamlakatda 70 yil avval o‘tkazilgan.
Pumipon Adulyadetning o‘g‘li Maxa Vachiralongkon Tailand taxtiga qirol Rama X sifatida o‘tirdi. U 1782 yilda asos solingan Chakri sulolasining o‘ninchi qiroli hisoblanadi.
Mavzuga oid
19:02 / 24.05.2026
Tailandga 60 kunlik vizasiz kirish tartibi bekor qilindi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
17:19 / 20.05.2026
Tailand sayyohlar uchun vizasiz rejim qoidalarini kuchaytirmoqda
10:21 / 30.04.2026