Jahon | 19:49 / 26.04.2017
7905
2 daqiqa o‘qiladi

Bishkek sobiq hokimi Atamboyevdan yordam so‘radi

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahri sobiq hokimi Narimon Tuleyev mamlakat prezidentidan yordam so‘ramoqda. U bu haqda jurnalistlar bilan uchrashuvda ma'lum qilgan, deb xabar berdi knews.kg.

Tuleyevning so‘zlariga ko‘ra, uning mol-mulki noqonuniy ravishda musodara etilmoqda.

«Hurmatli Almazbek Sharshenovich, mol-mulkni musodara qilish bilan bog‘liq chegarasiz xatti-harakatlarga e'tibor qaratishingizni so‘rayman. Iltimos, buni to‘xtating», - deya ma'lum qildi u.

Avvalroq sobiq hokimga tegishli bo‘lgan Sapat Center binosi olib qo‘yilib, moliyaviy politsiyaga berilgani haqida xabarlar tarqagandi.

Narimon Tuleyev 2012 yilning 21 iyunida o‘z uyida qo‘lga olingan va Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining vaqtinchalik saqlash izolyatoriga olib ketilgandi. Uni Bishkek uchun avtobus va maxsus texnika xarid qilgan holda, davlatga 1 mln. 400 ming AQSh dollari miqdorida zarar keltirganlikda ayblashdi.

2016 yilning 7 may kuni u ozodlikka chiqdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid