Jahon | 10:29 / 26.04.2017
6618
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: IShID jangarilariga Malayziyada yirik teraktlar sodir etish vazifasi topshirilgan

IShID terrorchilik guruhi boshliqlari dala qo‘mondonlaridan biri, asli malayziyalik Muhammad Vandidan norozi bo‘lishmoqda. Aynan Vandi Malayziya va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan kelgan jangarilarga mas'ul hisoblanadi. Star gazetasining manbalariga ko‘ra, shu munosabat bilan unga yil oxirigacha Malayziya hududida bir nechta yirik qo‘poruvchiliklarni amalga oshirish vazifasi yuklangan. 

Nashrning yozishicha, 26 yoshli Vandi 2016 yil yanvarida rafiqasi bilan Suriyaga ko‘chib o‘tgan. U bu yerda indonez tilida so‘zlashuvchi yangi jangarilarni jalb qilish uchun mas'ul vazifaga tayinlangan. Bundan tashqari, unga birinchi galda Malayziyada terrorchilik xurujlarini amalga oshirish vazifasi yuklangan. 

Biroq, nashrning maxsus xizmatlardagi manbasining aytishicha, Vandi bu vaqt davomida atigi bitta teraktda, ya'ni "Kuala-Lumpurda joylashgan tungi klublardan birida o‘tgan yili iyun oyida sodir etilgan qo‘poruvchilikni tayyorlashda ishtirok etgan". Milliy politsiya rahbari Xolid Abu Bakrning tasdiqlashicha, ana shu voqea "IShID tarafdorlarining mamlakatdagi ilk jinoyati bo‘ldi". Portlash oqibatida 8 kishi jarohatlandi. 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma'lumotlariga ko‘ra, Vandi WhatsApp mobil ilovasida yuzga yaqin guruhni boshqaradi. Ayni vaqtda u 50dan ortiq malayziyalikni Suriyadan vatanlariga qaytishlariga yo‘q qo‘ymaslik vazifasini ham bajarmoqda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid