Jahon | 17:26 / 28.04.2017
6187
2 daqiqa o‘qiladi

Salvador dunyoda birinchi bo‘lib metallar qazib olishni taqiqladi

Salvador o‘z hududida metallar qazib olishni taqiqlagan birinchi davlatga aylandi. Endilikda qonun “Salvadorda metall minerallarini qidirish, qazib olish yoki qayta ishlashni” taqiqlaydi. Bu haqda Phys.Org portalida xabar berildi.

«Bu qonunning qabul qilinishiga jamiyatga foyda keltirmaydigan sanoatning rivoji turtki berdi. U nafaqat foyda keltirmaydi, balki atrof-muhit va suv resurslarining jiddiy ifloslanishiga ham sabab bo‘lmoqda», - deya hisoblaydi Salvador Ekologiya bloki prezidenti.

Lotin Amerikasining ko‘plab davlatlari minerallar eksportidan katta daromad qiladi, biroq mahalliy hamjamiyatlar jarayonda ishlatiluvchi zaharli metallar atrof-muhitga zarar keltirishi haqida bong urib keladi. Shuningdek, yangi qonun qishloq joylardagi aholi yerlarini metall qazib olish bo‘yicha loyihalardan himoyalashga ham qaratilgan.

Tog‘-kon sanoatini kuzatib boruvchi Kanadaning MiningWatch tashkiloti Salvadorda qabul qilingan qaror boshqa davlatlar uchun o‘rnak bo‘lishiga umid qilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid