Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya harbiy kemasi Yaponiyaga yetib keldi
Foto: Reuters
Fransiya harbiy-dengiz kuchlarining "Mistral" turidagi vertolyot tashuvchi-desantchi kemasi 29 aprelda Kyusyu orolidagi Sasebo shahrida joylashgan yapon harbiy-dengiz bazasi bandargohiga kirib keldi. Bu haqda Yaponiya harbiylariga iqtibos keltirgan holda xorijiy OAV xabar bermoqda.
Kema Fransiya, Yaponiya, AQSh va Buyuk Britaniya ishtirokidagi harbiy-dengiz mashg‘ulotlarida ishtirok etadi.
Yaponiya harbiylarining ma'lum qilishicha, o‘tajak mashg‘ulotlar "unda ishtirok etayotgan davlatlar o‘rtasida hamkorlik va ishonchni kuchaytirish va chuqurlashtirish uchun tashkillashtirilmoqda".
Mashg‘ulotlar 3-22 may kunlari Yaponiya atrofida hamda Shimoliy Mariana orollari va Guam orollari yaqinida o‘tishi kutilmoqda. Manyovrlarda 700 harbiy, jumladan 220 nafar yapon harbiysi va 60 nafar britan dengizchisi ishtirok etishi rejalashtirilgan. Mashg‘ulotlarga shuningdek yana bir fransuz kemasi – "Lafayyet" turidagi fregat qo‘shilishi kerak.
OAVning ta'kidlashicha, mashg‘ulotlar Koreya yarimorolidagi taranglikning oshishi ortida o‘tkazilmoqchi. Avvalroq AQShning "Karl Vinson" atom aviatashuvchi kemasi boshchiligidagi kemalar guruhi va Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlari Yapon dengizida birgalikdagi mashg‘ulotlarni boshlashgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
12:54 / 04.04.2026
Yaponiyaga qisqa muddatli viza bilan borib, qochqinlik maqomini olmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik deport qilindi
15:29 / 03.04.2026
Tramp Makron va uning rafiqasini masxara qildi. Fransiya yetakchisi javob qaytardi
21:34 / 01.04.2026
Fransiya prezidenti Falastinning birinchi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi
08:31 / 30.03.2026