Navoiyda narkobiznes fosh etildi
Bugun narkotik moddalar, ularni iste'mol qilishning og‘ir oqibatlari, buning natijasida kelib chiqadigan kasalliklar haqida ommaviy axborot vositalari orqali tinimsiz ma'lumotlar berib kelinmoqda. Ammo, dunyo miqyosida foyda keltirishda narkotik savdosi eng yuqori o‘rinlarda turishi ayrim “tadbirkorlar”ni oson yo‘l bilan mo‘may daromad topishga hamon undamoqda, deb xabar bermoqda Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.
Bekobodlik Sharafiddin Urinboyev narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlik uchun ilgari oz emas, naqd to‘rt marotaba jinoiy javobgarlikka tortilgan. Amnistiya aktiga ko‘ra, jazo muddati qisqartirilgan, jazo yengilrog‘iga almashtirilgan. Ammo kechirimli xalqimizning ishonchini suiiste'mol qilib, hali jozoni ijro etish muassasasida bo‘lgan vaqtidayoq o‘ziga jinoiy sherik qidirib, “do‘stlar” orttirgan.
Ozodlikka chiqqach esa, eski ishini davom ettiradi. U quruq holdagi narkotik moddalarini qayta ishlab, ulardan kuchli narkotik moddalarni tayyorlaydi. “Mahsulot” uchun xom-ashyoni jazoni ijro etish muassasasida tanishgan do‘sti Haydar Ummatovdan oladi. Tayyor “mahsulotni” tilla buyumlar evaziga almashib, keyinchalik tillalarni sotish orqali daromad olmoqchi bo‘ladi. Shu zaylda “tadbirkorlar” ishni boshlab yuborishadi.
Narkotik moddalarning mamlakatimizga noqonuniy olib kirilishi, olib chiqilishi va aylanishini oldini olish va fosh etish maqsadida bojxona xodimlari tomonidan doimiy ravishda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan xamkorlikda tadbirlar amalga oshirilayotganligi tufayli ularning jinoiy faoliyatiga o‘z vaqtida chek qo‘yildi.
Navoiy viloyati Karmana tumani hududida o‘tkazilgan giyohvand vositalari kontrabandasini oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir davomida Sh.Urinboyev sariq rangli tselofan paketga solingan giyohvand vositalarini sotayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi. Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ekspertiza-kriminologiya bo‘limining xulosasiga asosan B.Boltayevdan olingan narkotik modda “gashish” bo‘lib, og‘irligi 2 kg. 764 gr.ni tashkil etar ekan.
O‘tkazilgan tadbir yakuniga ko‘ra, jami 3,3 kg. “marixuana”, 2,7 kg. “gashish” giyohvandlik moddalari va 380 tup “kanoplya” o‘simligi qonunbuzarlardan ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan Sud tomonidan aybdorlar Sh.Urinboyevga 10 yilu 6 oy va X.Ummatovga 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘tashlari belgilandi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57
-
Eron prezidenti mamlakat yadroviy qurolga intilmayotganini aytdi
Jahon | 18:15
-
Prezident tumanlarda boshqaruv tizimi o‘zgarishini e’lon qildi
O‘zbekiston | 17:45
-
Kambag‘al oilalar farzandlari qo‘shimcha ta’limga jalb qilinadi
O‘zbekiston | 17:23
Mavzuga oid

00:00 / 10.06.2025
Navoiy viloyati uchun Xitoydan 60 ta avtobus olib kelindi

09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi

11:11 / 06.05.2025