Klichkoni yenggan Joshua boshqa bir bokschini jangga chorladi

Foto: Reuters
Ukrainalik bokschi Vladimir Klichkoni mag‘lubiyatga uchratib, superog‘ir vazn toifasida IBF, WBA hamda IBO yo‘nalishlari chempioniga aylangan britaniyalik Entoni Joshua yana bir bor «Uembli» stadionida jang o‘tkazish istagida ekanini ma'lum qildi.
U jang yakunlangach, o‘ziga so‘z berilganida avvaliga o‘zining yoshlikdagi kumiri bo‘lgan va undan nokautga uchrab mag‘lub bo‘lgan Vladimir Klichkoga hurmat bajo keltirdi.
«Menga nima deyapsiz? Professional ringdagi 3,5 yillik faoliyatda 19 g‘alaba, bironta mag‘lubiyat yo‘qmi? Men ideal emasman, ammo men o‘z salohiyatimni ishga solib, harakat qilayapman. Men Vladimir Klichkoga cheksiz hurmatimni bildirmoqchiman», — degan Joshua Sky Sports muxbiriga.
Shundan so‘ng esa u britaniyalik boshqa bir bokschi Tayson Fyurini jangga chorladi. Fyuri 2015 yili ochkolar hisobiga ko‘ra Klichkodan ustun kelgandi.
«Fyuri, Tayson Fyuri, qayerdasan? Menga boks tushish yoqadi. Sen men haqimda ko‘p gapirgansan. O‘zingni tartibga keltirib olsang, men senga 90 000 muxlis ko‘z o‘ngida ajoyib boks kechasida raqib bo‘lishni taklif etaman. Men sen bilan jang o‘tkazishga tayyorman», — deya qo‘shimcha qildi Joshua.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

10:17 / 22.09.2024
Entoni Joshua titul uchun jangda bir necha bor polga quladi

09:32 / 26.09.2021
Usik sensatsion ravishda Joshuani mag‘lub etib, yangi chempionga aylandi

11:20 / 13.12.2020
Entoni Joshua uchta chempionlik kamarini himoya qildi

08:50 / 03.03.2020