Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonga 300 mln dollar taqdim qildi
O‘zbekiston hukumati va Islom taraqqiyot banki (ITB) 300 mln dollarlik moliyaviy kelishuvni imzoladi. Bu haqda uzdaily.uz xabar bermoqda.
Taqdim qilingan mablag‘lar "Qishloq joylarida turar-joy qurilishini rivojlantirish" loyihasining 2-bosqichini amalga oshirish yo‘naltiriladi.
ITB mablag‘larni 15 yillik, jumladan, 2 yillik imtiyozli muddatga berdi. Loyiha doirasida 2017-2021 yillarda O‘zbekistonning 6 ta viloyatida yangilangan namunaviy loyihalar asosida 6,4 mingtadan ko‘proq uy, 110,52 km kirish va ichki yo‘llar, 197,80 km lik ichimlik suvi tizimi quriladi.
Loyihaning amalga oshirilishi qishloq joylarida yashovchi 30 mingga yaqin odamning yashash sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.
ITB avvalroq "Qishloq joylarida turar-joy qurilishini rivojlantirish" loyihasining 1-bosqichini amalga oshirish uchun 100 mln dollar taqdim qilgandi. 2015-2016 yillarda loyiha doirasida Toshkent, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarining 22 ta qishloq aholi punktida 1415 ta uy, 33,80 km kirish va ichki yo‘llar, 40,62 km lik ichimlik suvi tizimi barpo etilgandi.
Mavzuga oid
20:23 / 25.12.2025
5 ta qurilish kompaniyasiga 6,7 mlrd so‘mni iste’molchilarga qaytarish yuklatildi
20:01 / 25.12.2025
1 yanvardan tasdiqlangan qurilish obektlariga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritish taqiqlanadi
11:13 / 22.12.2025
Developerlarga cheklov, ulushdorlarga kafolat: ulushli qurilish tartibi o‘zgaradi
12:35 / 20.12.2025