Sport | 19:27 / 02.05.2017
3515
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» Bellerinni qo‘lga kirita olmasa, ikkinchi rejaga o‘tadi

«Chelsi»ning ispaniyalik himoyachisi Sesar Aspilikueta «Barselona» jamoasi qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda Sport.es xabar tarqatgan.

Katalonlar klubi «Arsenal»dan Ektor Bellerinni xarid qila olmasa, shu variantni ko‘rib chiqadi.

«Barselona» «Bayyer»ning 20 yoshli himoyachisi Benjamin Henrixsni ham kuzatmoqda.

Bundan avvalroq, «Barselona» yozda 100 million yevro evaziga ikki qanotga himoyachilar va markaziy yarim himoyaga Inestaga o‘rinbosari sotib olishni rejalashtirgani xabar qilingandi. Klub Bellerinni 30 million yevro evaziga transfer qilishni mo‘ljallagan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid