Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Torontoda kuchli portlash yuz berdi
Kanadaning Toronto shahri markazida kuchli portlash yuz berdi. Portlash shaharning ishbilarmonlik markazida sodir bo‘lgan. Reuters axborot agentligining ma'lum qilishicha, baxtli tasodifgina qurbonlar va jarohatlanganlar bo‘lmagan. Guvohlardan birining aytishicha, portlash shahar moliyaviy markazining "naqd yuragida" yuz bergan.
Axborot agentligining ta'kidlashicha, favqulodda vaziyatdan keyin shahar markazi darhol berkitildi. Shaharning bu qismida kanalizatsiya panjaralaridan quyuq qo‘lansa tutun anqimoqda.
Shahar o‘t o‘chirish xizmati boshlig‘ining aytishicha, portlash texnik sabablarga ko‘ra yuz bergan bo‘lishi mumkin.
Hozir voqea joyida politsiyachilar, o‘t o‘chiruvchilar ish olib bormoqda. Ular portlash sababi va tafsilotlarini o‘rnatishmoqda.
Mavzuga oid
11:05 / 07.07.2026
Kanada Germaniyadan 12 ta zamonaviy suvosti kemasini sotib oladi
10:40 / 01.07.2026
Monakodagi portlash bo‘yicha tergovda UXX nomi tilga olindi
09:25 / 30.06.2026
Monakodagi portlashda ukrainalik millioner jabrlandi
11:19 / 29.06.2026