Jahon çempionatida pley-off bosqiçi start oldi. 1/16 finalning dastlabki öyinida Kanada va JAR milliy jamoalari kuç sinaşdi. Kanadaliklar guruhda birinçi örinni ololmagani tufayli öyinni Vankuverda emas, Los-Anjyelesda ötkazişiga töğri keldi. Köp soatlik safarda çarçagan futbolçilar maydonda katta qiyinçilikka uçradi va faqat öyinga qöşib berilgan daqiqalarda ğalaba golini urişga muvaffaq bölişdi.

Maydon taşqarisida ham qiziqarli voqealar davom etmoqda: Kabo-Verde sardori Rayan Mendeş jinsiy zöravonlikda ayblanmoqda, Janubiy Koreya prezidenti Li Je Men milliy jamoaning jahon çempionatini tark etişi yuzasidan tekşiruv ötkazişni buyurdi, FIFA rahbari Janni Infantino esa ekologiyaga zarar yetkazişda ayblanmoqda.

Kanada qiyinçilik bilan JARni taslim etdi

JAR – Kanada 0:1
Gol: Euştakiu, 90+2 (0:1)
JAR: Uilyams, Mbokazi, Okon, Modiba, Mudau, Mokoena, Sitole, Mofokeng (Mbata, 46), Appollis, Maseko (Moremi, 86), Makgopa (Rayners, 86)
Kanada: Krepo, Kornelius, Bombito (De Fujyerol, 59), Lareya, Jonston, Euştakiu, Saliba (Sigur, 59), Millar (Şaffelberg, 70), Byukenen (Deyvis, 75), J. Devid, Oluvaseyi (P. Devid, 70)
Ogohlantirişlar: Saliba, 54. Sigur, 67

Kanadaliklar guruh bosqiçini barqaror ötkaza olişmagandi. Dastlab Bosniya bilan öyinda durang qayd etilgan (1:1), ikkinçi turda Qatar darvozasiga istagança gol urişgan (6:0), sönggi turda Şveytsariyaga mağlub bölişgandi (1:2). Ammo Jyessi Marş şogirdlariga 4 oçko ham kvartetda ikkinçi örinni oliş uçun yetarli böldi va jamoa pley-offda JAR bilan öynadi.

1/16 finalni oçib bergan uşbu uçraşuvga intrigani reper Dreyk oşirib berdi. Kanadalik maşhur musiqaçi öz vatandoşlari keyingi bosqiçga ötişi uçun 770 ming dollar tikkandi. Avvaliga kanadalik muxlislar uni tanqid qilişni boşlaşdi, çunki u doim öyin natijalari uçun pul tikkanda yutqazgan, internetda bu borada «Dreyk tavqi la’nati» degan tuşunça ham paydo bölgan.

Kanada esa öyin davomida ustunlik qila olmadi. Jamoada bir neça xavfli vaziyatlar yuzaga keldi, ammo futbolçilar bundan foydalana olişmadi.

Öyin overtaymlarga qarab ketayotgandi, ammo 90+2-daqiqada Stiven Euştakiu jarima maydoni yaqinida töpni qabul qildi va çap pastki burçak tomon kuçli zarba berib, hisobni oçdi. Qolgan daqiqalarda afrikaliklar vaziyatni özgartira olişmadi.

Kanada endi keyingi bosqiçda Marokaş va Niderlandiya juftligiga qarşi öynaydi.

Koreyslar norozi

Xon Men Bo şogirdlari dastlabki turda Çexiyani mağlub etib (2:1), turnirni a’lo kayfiyatda boşlaşgandi. Lekin keyingi ikki turda Meksika va JARdan 0:1 hisoblarida mağlub bölişdi va turnirni tark etişdi. Endi bu muvaffaqiyatlik uçun aynan boş murabbiyni aybdor qilişmoqda.

57 yoşli mutaxassis natija uçun uzr söradi va mas’uliyatni öz zimmasiga oldi. Ammo mahalliy jamoatçilik buni şu holida qoldirmoqçi emas. Mamlakat prezidenti Li Je Men esa olovga moy quydi.

«Agar qobiliyatli odamlarni emas, öz odamlaringizni afzal körsangiz va rahbarlik lavozimlariga layoqatsiz odamni tanlasangiz, natija oldindan ma’lum böladi... Madaniyat, sport va turizm vazirligidan uşbu voqeaning tafsilotlarini sinçiklab örganişni sörayman», – deya yozgan uşbu siyosatçi ijtimoiy tarmoqda.

Endi murabbiyning yuzi davlat televideniyesida blur qilinmoqda, dökonlar va restoranlar eşiklari oldida esa «Xon Men Bo Kirişi taqiqlanadi» deb yozilgan tabliçkalar örnatilmoqda.

Urugvaylik futbolçilar taşlab ketildi

Urugvay milliy jamoasi jahon çempionatidagi iştirokini guruh bosqiçidayoq yakunladi. Marselo Biyelsa şogirdlari uçinçi turda Ispaniyaga 0:1 hisobida yutqazdi va H guruhida ikki oçko bilan uçinçi örinni egallab, pley-off bosqiçiga çiqa olmadi.

Marca naşri yozişiça, şundan keyin Urugvay futbol assotsiatsiyasi milliy jamoa futbolçilarini Meksikadan Montevideoga olib qaytiş uçun oldindan bron qilingan charter reysni bekor qilgan. Ispaniya bilan öyin Meksikaning Sapopane şahrida bölib ötgan. Charter reys bekor qilingaç, futbolçilar, murabbiylar ştabi a’zolari va boşqa xodimlar uyga odatiy reysda qaytişiga töğri kelgan.

Bu Urugvay milliy jamoasi atrofidagi ilk mojaro emas. Manbalarga köra, Ispaniyaga qarşi hal qiluvçi öyin oldidan futbolçilar va boş murabbiy örtasida kelişmovçilik yuzaga kelgan. Federiko Valverde boşçiligidagi bir guruh futbolçilar 3 oçko bilan ham pley-offga çiqiş mumkinligini inobatga olgan holda himoyaviy uslubda öynaşni taklif qilişgan, murabbiy esa buning aksini - kuçli pressingga asoslangan futbol öynaşni talab qilgan. Bu mavzu muhokama qilingan yiğilişni futbolçilar namoyişkorona tark etişgan. Yakunda murabbiy körsatmalariga amal qilmagan jamoa turnirni ham tark etdi.

Infantino yetkazayotgan zarar

FIFA rahbari Janni Infantino har kuni ikki, ba’zida uçta öyinga taşrif buyurayotgani aks etgan kadrlar çiqmoqda. BBC jurnalistlariga köra, u guruh bosqiçining imkon qadar barça öyinlariga kiriş uçun xususiy jyetdan foydalangan.

Baholarga köra, jahon çempionati boşlanganidan buyon uning samolyoti 66 soatdan ortiq vaqt mobaynida havoda bölib, 31 144 milya (50 122 km) masofani uçib ötgan. Suriştiruvda ekologiya masalasiga alohida e’tibor qaratilgan: uning parvozlaridan iqlimga yetkazilgan zarar taxminan 78 kişining yillik issiqxona gazlari çiqindilariga teng.

Kabo-Verde sardori oğir jinoyatda ayblanmoqda

«Kök akulalar» sensatsiya körsatib, Ispaniya, Urugvay va Saudiya Arabistoni joylaşgan guruhda ikkinçi örinni olgan holda pley-offga çiqişdi, jamoa darvozaboni Vozinya esa jahon miqyosidagi yulduzga aylandi. Lekin jamoa sardori Rayan Mendeşda jiddiy muammo yuzaga keldi.

Globo xabariga köra, 36 yoşli futbolçini jinsiy zöravonlikda ayblaşmoqda. Hodisa 27 mart kuni Oklenddagi (Yangi Zelandiya) mehmonxonada röy bergan, öşanda Kabo-Verde milliy jamoasi örtoqlik uçraşuvi oldidan öşa yerda töxtagandi. Mahalliy futbol
federatsiyasi tomonidan tarjimon sifatida yollangan qizning da’vo qilişiça, Mendeş uning xonasiga bostirib kirgan, böğgan, urgan, tişlagan va qarşilik körsatişiga qaramay, zörlagan.

FIFA holat yuzasidan tekşiruv boşlanganini ma’lum qildi.

«Xalqaro futbol federatsiyasi Yangi Zelandiya rasmiylari bilan aloqada. Hozirgi vaqtda qöşimça izoh bera olmasligimizni töğri qabul qilişingizni söraymiz», – deyiladi bayonotda.

Kompyuter Fransiyaga işonmoqda

Guruh bosqiçi yakunlangaç, Opta superkompyuteri 2026 yilgi jahon çempionati favoritlari böyiça taxminlarini yangiladi.

Dastur tahlillariga köra, ğoliblik uçun eng katta imkoniyat Fransiyada. Dide Deşam şogirdlarining boş sovrinni qölga kiritiş imkoniyatlari 18,66 foizga teng deb baholanmoqda. Reytingda ikkinçi örinni Argentina (16,26 foiz), uçinçini – Ispaniya (13,47 foiz) egallab turibdi.

Şuningdek, Angliya (9,68 foiz), Braziliya (6,47 foiz) va Niderlandiyaning (5,11 foiz) imkoniyatlari nisbatan yuqori baholanmoqda.

Navbatdagi öyinlar

29 iyun kuni keçqurun 30 iyun tongida 1/16 final doirasida uçta uçraşuv bölib ötadi.

29 iyun. 22.00. Braziliya – Yaponiya

30 iyun. 01.30. Germaniya – Paragvay

30 iyun. 06.00. Niderlandiya – Marokaş