Jahon | 08:34 / 05.05.2017
8262
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh harbiylari Suriyadagi masjidga zarba berganlarini tan oldilar

Foto: Reuters

Amerikalik harbiylar ularning aviatsiyasi joriy yilning 16 mart kuni Suriyaning Al-Jina qishlog‘i yaqinidagi masjidga zarba berganini tan oldilar. Bu haqda AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi vakiliga iqtibos keltirgan holda CNN telekanali xabar bermoqda.  

Uning ma'lum qilishicha, Pentagon tomondan o‘tkazilgan tergov aviazarba natijasida vayron bo‘lgan bino haqiqatan ham diniy maqsadlar uchun ishlatilganini ko‘rsatgan. Telekanalning ta'kidlashicha, amerikalik harbiylarga bu turdagi obektlarga, maktab va shifoxonalarga zarba berish taqiqlangan. Biroq agar bunday binolar ichida jangarilar qo‘nim topgan bo‘lsa va u yerda tinch aholi bo‘lmasa yuqoridagi taqiqlov olinishi mumkin, ammo buning uchun maxsus ruxsat lozim. 

Avvaliga AQSh mudofaa vazirligi masjidni bombardimon qilganini tan olmay kelgan. Zarba masjid yonidagi terrorchilar to‘plangan joyga berilgani ta'kidlab kelingan.

Eslatib o‘tamiz, o‘sha zarba oqibatida mahalliy masjid vayron qilingan va 42 kishi halok bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid