Iqtisodiyot | 16:52 / 05.05.2017
20300
2 daqiqa o‘qiladi

Biznesga qator litsenziyalar bekor qilinadi va soliq imtiyozlari kengaytiriladi

Foto: Flickr

Prezidentning “Ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi ishlab chiqildi. Savdo-sanoat palatasi uning muhokamasida ishtirok etishni taklif etgan.

Xususan, loyihada vakolatli idoralar va tadbirkorlik sub'yektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda joriy etish taklif etilgan qator mexanizmlar bor. Ishlab chiquvchilar fikricha ishbilarmonlik muhiti rivojiga to‘sqinlik qilayotgan qator holatlarni bekor qilish taklif etilgan (joriy yilning 1 iyulidan).

Bundan tashqari, loyihaga ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlar rivojiga to‘siq bo‘layotgan g‘ovlarni yo‘q qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar Dasturi ham ilova qilingan. Unda 6 element bor:

1 – tadbirkorlik masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada yaxshilash, mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirish;
2 – tadbirkorlik sub'yektlariga infratuzilma va uskunalardan foydalanish imkonini yaratish;
3 – muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish va ularning barqaror faoliyatini ta'minlash;
4 – tadbirkorlik sub'yektlari uchun valyuta va moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish;
5 – eksportchi-korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni yaxshilash;
6 – soliq solish tizimi va soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid