Markaziy bank boşqaruvining tegişli qarori Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazildi. Hujjat bilan tölov tizimi operatorlari va tölov taşkilotlari faoliyatini litsenziyalaş tartibi töğrisidagi nizomga bir qator özgartişlar kiritilgan.
Jumladan, nizomga “benefitsiar mulkdor” tuşunçasi kiritilib, u tölov tizimi operatori yoki tölov taşkilotiga pirovardida egalik qiluvçi yoki uni nazorat qiluvçi jismoniy şaxs sifatida belgilangan.
Şuningdek, litsenziyalaş jarayonida taqdim etiladigan ma’lumotlar tarkibi kengaytirilib, taşkilot muassislari va aksiyadorlari bilan bir qatorda benefitsiar mulkdorlarga oid ma’lumotlarni ham körsatiş talabi joriy etildi.
Mazkur özgartişlar tölov xizmatlari sohasida şaffoflikni oşiriş, mulkçilik tuzilmasini aniqlaştiriş hamda sohadagi nazorat mexanizmlarini kuçaytirişga qaratilgan.
Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uç oy ötgaç kuçga kiradi.












