Jamiyat | 19:52 / 05.05.2017
7744
2 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada insult vaqtida yordam beruvchi plastir yaratildi

Foto:BHF

Britaniyalik olimlar insult vaqtida hayotni saqlab qolishi mumkin bo‘lgan plastir yaratishdi. Bu yangi ishlanma haqida The Guardian portalida ma'lum qilindi.

Plastir tarkibida qon bosimini tushiruvchi va tomirlarni kengaytiruvchi trinitrat glitserin bo‘lib, u insultdan keyingi daqiqalar va soatlarda yetkazilgan zararni kamaytirishga yordam beradi. 41 nafar bemorda o‘tkazilgan tajriba plastirning uydan shifoxonagacha yo‘lda qo‘llanishi o‘lim holatlarini ikki martadan ko‘proqqa – 38 foizdan 16 foizgacha kamaytirishga imkon berganini ko‘rsatgan.

Buyuk Britaniyada har yili 100 mingtadan ko‘proq insult holati qayd qilinadi. Insultda arterial bosimni barqarorlashtirishga imkon beruvchi choralar qanchalik erta ko‘rilsa, kasalning yashab ketishiga imkoniyat shunchalik katta bo‘ladi. Olimlar plastirning keyingi tajribalarini o‘tkazish bo‘yicha 7 ta tez yordam xizmati bilan kelishib oldilar. Bu xizmatlar plastirni yarim yil davomida sinovdan o‘tkazadilar.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid