Jahon | 07:58 / 05.05.2017
12001
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an maslahatchisi Suriyada AQSh qo‘shinlariga zarba berilishi mumkinligiga ishora qildi

Foto: defense.gov

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning bosh yordamchisi Ilnur Chavik agar amerikaliklar kurdlarning Xalq mudofaasi otryadlari (YPG) bilan hamkorlik qilishni davom ettirsa, Turkiya raketalari bilan AQShning Suriyadagi maxsus qo‘shinlariga zarba berilishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda Foreign Policy nashri xabar bermoqda
 
"Agar kurdlar va amerikaliklar birgalikdagi ishni davom ettirsalar, biz u yerda AQShning zirhli texnikasi borligi variantini e'tiborga olmaymiz. To‘satdan, tasodifan bir nechta raketalar ularga tegishi mumkin", deb aytgan Chavik. 

Nashrning fikricha, Anqara AQSh qo‘shinlari Suriyaning kurdlar tomonidan nazorat qilinuvchi shimoliy tumanlarida payqalganidan tashvishlanmoqda. Turkiya rahbariyatining ta'kidlashicha, bu holat amerikaliklarning kurdlarni, jumladan turklar terrorchilik tashkiloti deb hisoblaydigan YPG’ni qo‘llab-quvvatlashining oshkora eslatmasi hisoblanadi.  

Avvalroq Rossiya va Turkiya prezidentlari Sochidagi uchrashuvda Suriyada xavfsizlik hududlarini yaratishni qo‘llab-quvvatlaganlari ma'lum qilingandi.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid