O‘zbekiston | 19:35 / 05.05.2017
20289
1 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev Yashnobod tumaniga 6 may kuni tashrif buyuradi

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Yashnobod tumaniga shanba kuni tashrif buyuradi. Bu haqda Kun.uz manbasi ma'lum qildi.

Avvalroq 5 may kuni Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Yashnobod tumaniga tashrif buyurishi haqida yozgandik. Biroq manbaning xabar qilishicha, ushbu tashrif 6 may kuniga ko‘chirilgan.

Davlat rahbari mazkur tashrif davomida tumandagi ishlab chiqarish sohasi va amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishadi.

Shuningdek, tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, Prezident shanba kuni Mirobod tumaniga ham borishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid