23:58 / 06.05.2017
11794

«Barselona» «Vilyarreal»ni yirik hisobda mag‘lub etib, «Real» bilan farqni oshirdi

Ispaniya chempionatining 36-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda «Barselona» «Vilyarreal»ni qabul qildi.

Uchrashuvning 21-daqiqasida Neymar hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 11 daqiqa o‘tib, Sedrik Bakambu hisobni qisqartirgandi. Biroq, birinchi bo‘limning so‘nggida Lionel Messi jamoasini yana oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda avvaliga Luis Suares hisobdagi farqani oshirgan bo‘lsa, 82-daqiqada Lionel Messi penaltidan kiritgan goli evaziga dublga erishdi va yakuniy natijani o‘rnatdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Barselona» «Real» bilan oradagi farqni uch ochkoga oshirdi. Ammo «Real»da ikkita o‘yin zaxirasi bor. «Vilyarreal» esa YeChL yo‘llanmasi uchun kurashdan butunlay mahrum bo‘ldi.

Ispaniya La-ligasi, 36-tur

Barselona – Vilyarreal 4:1 (2:1)
Gollar: Neymar (21), Messi (45, 82, penalti), Suares (69) – Bakambu (32).
Barselona: ter Stegen, Umtiti, Pike, Din (Alba, 75), Serdji Roberto (Maskerano, 78), Rakitich (Andre Gomesh, 83), Buskets, Inesta, Neymar, Messi, Suares.
Vilyarreal: Fernandes, Musakko, Kosta, Mario Gaspar, Alvaro Gonsales, Dos Santos, Rodri Ernandes, Trigeros, Soriano (Kastilexo, 72), Bakambu (Adrian, 83), Soldado (Sansone, 72).
Ogohlantirishlar: Serdji Roberto (16), Alvaro Gonsales (19), Inesta (64), Soldado (72), Musakko (77), Kosta (81).

Atletiko – Eybar 1:0 (0:0)
Gol: Saul (69).
Atletiko: Oblak, Lyuka Ernandes, Godin, Filipe Luis, Gabi, Koke, Ferreyra Karrasko (Tiagu, 80), Saul, Grizmann (Korrea, 86), Gaytan (Torres, 46), Parti.
Eybar: Yoel, Ramis (Galves, 59), Lejyen, Arbilya, Junka, Leon, Inui (Penya, 76), Dani Garsiya, Eskalante, Kike (Gonsales, 84), Enrik.
Ogohlantirishlar: Grizmann (15), Eskalante (43), Arbilya (52), Filipe Luis (53), Godin (89), Dani Garsiya (90), Torres (90).
Chetlatish: Godin (90, Atletiko).

Sporting Xixon – Las-Palmas 1:0 (0:0)
Gol: Karmona (67).
Sporting Xixon: Kuelyar, Baben, Kanelya, Duglas Pereyra, Xorxe Mere, Gomes (Xavi Torres, 78), Alvares, Mikel Vesga, Burgi (Lopes, 83), Chop, Kastro (Karmona, 46).
Las-Palmas: Varas, Lemos, Kastelyano (Elder Lopesh, 30), Simon, Bigas, Viyera (Santana, 82), Montoro, Garsiya (Xalilovich, 64), Mesa, Momo, Eksposito.
Ogohlantirishlar: Alvares (32), Mesa (41), Duglas Pereyra (49), Chop (71), Kanelya (80), Santana (90), Elder Lopesh (90).

Top