Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning "eng befoyda aeroporti"ga birinchi marotaba samolyot qo‘ndi
Janubiy Atlantikada joylashgan Avliyo Yelena orolida qurilgan aeroport qurib bitkazilgandan bir yil o‘tib birinchi yo‘lovchi samolyotini qabul qildi, deb xabar bermoqda The Times nashri.
Aeroport "eng befoyda aeroport" deb atalgandi. Bunga esa uning qurilishiga 285 mln funt sterling (370 mln dollar) sarflangani, biroq unga birinchi reys u qurib bitkazilgandan bir yil o‘tib amalga oshirilgani sabab bo‘lgan.
Nashrning ta'kidlashicha, aeroport qoya chekkasida joylashgan, shuning uchun uning maydonchasida kuchli shamol esib turadi va bu qo‘nishlarga qiyinchilik tug‘diradi.
Aeroport qabul qilgan ilk samolyot Janubiy Afrikadan 60 yo‘lovchini olib keldi. Xuddi shuncha yo‘lovchiga ega samolyot esa qit'aga jo‘natilgan.
Orol Buyuk Britaniyaning dengiz orti hududlaridan biri hisoblanadi va uning tarkibiga Me'roj oroli va Tristan-da-Kunya arxipelagi kiradi.
Shu bilan birga orolning bir qismi, jumladan fransuz imperatori Napoleon Bonapart surgunlikda yashagan va dafn qilingan hudud Fransiyaga tegishli hisoblanadi.
Orol Suvaysh kanali barpo etilguncha kemalarning Hind okeaniga yo‘lida strategik punkt hisoblangan. 2016 yil holatiga ko‘ra, orolda 4534 kishi yashaydi.
Mavzuga oid
13:37 / 14.01.2026
Germaniya, Fransiya, Italiya va Britaniya Eron elchilarini TIVga chaqirdi
13:29 / 14.01.2026
Eronda qurbonlar soni o‘smoqda: YeI va Britaniya sanksiyalarni kuchaytirishga tayyorlanyapti
19:15 / 12.01.2026
Buyuk Britaniya Ukraina uchun yangi ballistik raketa ishlab chiqadi
16:04 / 12.01.2026