Nazarboyev: Qozog‘istonning dushmanlari yo‘q bo‘lsa-da, biroq armiya doimo shay turishi lozim
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonning birorta dushmani yo‘qligini, biroq armiya tahdidlarni qaytarishga doimo shay holatda bo‘lishi kerakligini aytdi. Nazarboyev bu haqda mamlakatning eng yirik paradida harbiylar oldidagi nutqida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Bizda dunyoning biror nuqtasida dushmanimiz yo‘q, biz atrofimizdagi barcha qo‘shnilarimiz bilan do‘stona va o‘zaro ishonchga asoslangan munsabatlarni quramiz, biz ular bilan inoqmiz.. Biz avloddan avlodga bizning bosh merosimiz – tinchlik, totuvlik, xalqimiz birdamligini topshirib bormoqdamiz", deb aytdi Nazarboyev.
Biroq, Nazarboyevning aytishicha, armiya istalgan tahdidni, u qayerdan bildirilmasin, qaytarishga tayyor bo‘lishi lozim. Nazarboyevning aytishicha, harbiy kiyimdagi odamlar shon-sharaf va adolat etaloni bo‘lishlari kerak.
7 may Qozog‘istonda Vatan himoyachisi kuni sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan avvalroq Ostonada mamlakat qurolli kuchlari tashkil etilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan, mamlakat tarixidagi eng katta ko‘lamli harbiy parad boshlandi.
Mavzuga oid
07:30
Qozog‘istonda o‘zbekistonlik haydovchiga jarohat yetkazgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
23:10 / 02.11.2024
Qozog‘istonda «zamonaviy ko‘chmanchilar» uchun yangi viza turi joriy etildi
17:12 / 02.11.2024