Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonada mamlakat tarixidagi eng yirik harbiy parad o‘tkazildi
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida mamlakat tarixidagi eng keng ko‘lamli harbiy parad bo‘lib o‘tdi. Bu parad mamlakat qurolli kuchlari tashkil etilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan.
Parad mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev tomonidan ochib berilgan. Davlat rahbari harbiylarni olqishlagan va ularni G‘alaba kuni hamda vatan himoyachilari kuni bilan tabriklagan.
«O‘tkazilgan marosim vaqtida 5 mingdan ortiq harbiy xizmatchi Mustaqillik maydonidan marsh qilib o‘tgan va unda 300dan ortiq turdagi harbiy texnika hamda 70ga yaqin vertolyot va samolyotlar ishtirok etgan», — deya qayd etilgan NUR.kz portalida.
Nazarboyev harbiy xizmatchilarga murojaatida mamlakat qurolli kuchlari modernizatsiyalashuvning tarixiy bosqichini bosib o‘tganini e'tirof etgan.
«Yangi prinsipial yo‘nalish terrorizmga qarshi kurashishdir. Qozog‘iston armiyasi zamon bilan hamnafas bo‘lishi va har qanday xavfga tayyor turishi kerak», — deya prezident so‘zlarini keltirgan TASS agentligi.

















Mavzuga oid
11:33 / 10.05.2026
Zelenskiyning «ruxsati» va KXDR harbiylari. Moskvadagi harbiy parad qanday o‘tdi?
16:49 / 09.05.2026
Foto: O‘zbekiston prezidenti Moskvadagi G‘alaba paradida
21:18 / 30.04.2026
“Ukraina dronlari sabab” - tahlilchilar Rossiyaning 9 may paradidagi cheklov haqida
18:07 / 17.11.2025